Hamma narsadan bir narsa, bir narsadan hamma narsa…
Besh yillik madrasa dasturini madrasalarimizda tamomlagan yoki turli muassasalarda bu darajagacha o‘qigan talaba birodarlarimizning maxsus ilmiy yo‘nalishlarda yanada mohir bo‘lishlari uchun olib borayotgan ishlarimizdir.
Hozirgacha Kalom-Aqliy ilmlar va Hadis sohalarida o‘tkazgan ixtisos dasturlarimiz tajriba va amaliyot jihatidan o‘zini rivojlantirib, kelajakda ummatning ustunlari bo‘ladigan, ilmi bilan amal qiluvchi, vazmin olimlar yetishtirish yo‘lida Allohning izni va ulug‘larimizning himmati bilan katta shavq va shuhrat bilan davom etmoqda.
IXTISOS ISHLARINING ZARURATI
Payg‘ambarimiz (sallallohu aleyhi va sallam) yashab ko‘rsatgan va ochgan Islomning asosiy yo‘li bo‘lgan Ahli Sunnat, tarix davomida turli fikriy raqiblar bilan to‘qnashgan va ularga zarur javoblarni berib, asosiy yo‘lni himoya qilgan.
Iymon yoki amal jihatidan sahobalar yo‘lidan adashgan va nafsiga ergashgan kishilar, o‘zlarining qarshisida Imom Abu Hanifa, Imom Shofeiy, Imom Ash’ariy, Imom Maturidiy va keyingi davrlarda Imom G‘azzoliy, Raziy kabi ulamolarni topdilar.
Ismlarini sanab bo‘lmaydigan minglab olimlarimiz turli ilmiy sohalarda o‘z davrlarining yoki barcha davrlarning manbai bo‘lib, ummatga yo‘l ochgan, peshqadam bo‘lgan va dushman qarshisida nafas bo‘lishgan.
Bugun ummat, o‘tmishda hech qachon ko‘rilmagan darajada past va xarakterdan mahrum raqiblari qarshisida nafassiz qolmasligi, mustahkam Ahli Sunnat qal’asi himoyalansin degan maqsadda, Islom ilmlarida chuqurlashish muqarrardir.
Shu munosabat bilan biz muassasa sifatida bugungi kunda eng ko‘p jabhasi ochilgan ikkita soha – kalom/itikod va hadis – bo‘yicha ixtisos ishlarimizni davom ettirmoqdamiz. Allohdan qadimiy ulamolarimiz yo‘lini davom ettirishni va vazifani haqqiyla bajara oladigan olimlar yetishtirishni tilaymiz.
İHTİSAS YO‘NALISHLARI
ILM-I KALOM HADIS XITOBAT
Qabul Shartlari
Ushbu shartlar ta’limni davom ettirish uchun zarurdir.

